Turkiya tashqi siyosatiga nazar 12-qism

Dasturimizning bugungi sonida Rossiya bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi muammolar va buning Turkiya-Rossiya munosabatlariga ko’rsatgan ta’siri haqida fikr yuritamiz.

935462
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 12-qism

 

Kuni kecha Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan prezidentlik saylovlari hamda Londonda Sergey Skripalning sirli o’limidan Buyuk Britaniya Rossiyani ayblagani va bunga doir mojarolar davom etmoqda.

Dasturimizning bugungi sonida Rossiyadagi saylov jarayoni va buning Turkiya-Rossiya munosabatlariga ko’rsatgan ta’siri haqida fikr yuritamiz.

Ma’lumki, 18 mart kuni Rossiyada prezidentlik saylovlari bo’lib o’tdi. Saylovda amaldagi prezident Vladimir Putin 75% ovoz olib, takror Rossiya prezidenti etib saylandi. Mana shunday qilib, Putin 4-marta Rossiya prezidenti lavozimini egalladi.

Yana bir mavzu sobiq rus josusi Sergey Skripal bilan uning qizi Buyuk Britaniyada gazdan zaharlandi, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bu voqeadan Rossiya hukumatini aybdor deb topdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlament a`zolari qarshisidagi chiqishi vaqtida Rossiya Razvedka bosh boshqarmasining Buyuk Britaniyada zaharlangan sobiq polkovnik, Rossiyadagi britaniyalik sobiq josus Sergey Skripalga uyushtirilgan suiqasd ortida katta ehtimol bilan Rossiya hukumati turgani haqida aytdi. Ma`lum qilinishicha, Skripal va qizi Yuliya Rossiyada ishlab chiqarilgan, asab tolalarini falaj holatga keltiruvchi “Novichok” nomli modda bilan zaharlangan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya bosh vazirining aybloviga darhol munosabatini bildirdi. Vazirlik mulozimi Mariya Zaxarova Tereza Meyning parlamentdagi chiqishini “sirk tomoshasi” deb atadi.

Bu jarayonda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning avj olishi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatda Rossiya bilan harbiy va energetika sohasida hamkorlik qilayotgan Turkiyaga nisbatan g’arbning tazyiqlari kuchayishi mumkin. S-400 harbiy raketa tizimini sotib olish, Turk oqimi va xatto Akkuyu atom stansiya loyihalarining bekor qilinishi xususida Turkiya sanksiya tahdidiga uchrashi mumkin. Nima bo’lganda ham Turkiya Rossiya bilan munosabatlari orqali g’arbdan keladigan tazyiqlarga tayyor turishi darkor.

Ko’rinib turganidek, takror qahraton urush sharpasi aylanib yurgandek. Bu jarayonda Turkiya-Rossiya munosabatlari qay ahvolda? Xozirgi kunda Turkiya-Rossiya munosabatlari avvalgidan ham yaxshi vaziyatda.

Turkiya va Rossiya o’rtasida bir qator strategik raqobat davom etar ekan, ayni paytda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik maydoni ham tobora kengayib bormoqda.

Turkiya-Rossiya munosabatlari bugun uch yo’nalishda ijobiy davom etmoqda. Asosan, Suriya inqirozi tufayli, NATOga a’zo Turkiya raketa tahlikasi ostida bo’lishiga qaramay, Patriot havo mudofaa tizimlari Turkiyaga NATO tomonidan juda kech keltirildi. Bugungi kunda PKK, PYD va YPG ning qo’lida NATOga oid qurollar mavjud. NATOga oid bo’lgan harbiy portlovchi moddalar terroristlar tomonidan Istanbulning qoq markazida portlatildi. Fathulloh Gulen harakatining 15 iyulda sodir qilgan davlatga qarshi to’ntaruv tashabbusi g’arb tomonidan jiddiy qoralanmadi. Bularning barchasi Turkiyani majbur boshqa choralar izlashga undadi.

 Bugungi kunda g’arbning adolatsiz siyosati Turkiya va Rossiyani bir-biri bilan yaqindan hamkorlikka yetaklaydi. Shu tufayli, xalqaro va mintaqaviy fursat sifatida turk oqimi loyihasi o’ziga xos siyosiy muhit yaratadi. Turk oqimi loyihasi Turkiyaning global energiya xavfsizligida ham muhim ro’l o’ynaydi. Rossiya tabiiy gazining Turkiya orqali Yevropaga “Turk oqimi” nomi bilan ulanishi Turkiya-Rossiya munosabatlarini mo’tadil vaziyatga keltiradi. Bu bilan birga, Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalarida energiya sohasi bo’yicha yangi davr boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turk oqimi loyihasi Rossiyaning Turkiyaga nisbatan ishonch hosil qilganligidan dalolatdir. Turk oqimi energiya yetkazishda yangi guzargoh yaratishi va ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi jihatidan muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, Turkiyaning ilk atom stansiyasi bo’ladigan Akkuyu atom stansiyasining Rossiyaga oid bir energiya shirkati tomonidan qurilishi ham o’zaro aloqalarga yangi sahifa olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda shubhasiz tomonlar Turkiyani o’z yoniga torta boshlaydilar. Turkiya ham albatta o’z milliy manfaatlarini o’ylab ish qiladi.

Kelgusi jarayonda AQSh Rossiyaning atrofidagi ittifoqdosh davlatlarga nisbatan tazyiqni kuchaytirishi mumkin. Jumladan, Turkiyaga nisbatan ham tazyiq o’tkazishi mumkin. Bu jarayonda Munbich va Evfrat daryosi sharqidagi terror tashkiloti PKK va YPG masalasi katta muammo sifatida ko’ndalang turibdi.

Agar, Turkiyani xavotirga solgan masalalar hal qilinmasa, Turkiya AQSh bilan munosabatlarini takror ko’zdan kechirishi mumkin. Aslini aytganda Rossiyaning ham asl niyati bu.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar