Turkiya qurolli kuchlari 14 terroristni yo’q qildi

Turkiya Harbiy bosh shtabi bu haqda bayonot berdi.

934206
Turkiya qurolli kuchlari 14 terroristni yo’q qildi

Terror tashkiloti PKKga qarshi Turkiyada va Iroq shimolida olib borilayotgan harbiy amaliyotlar doirasida so’ngi ma’lumotlarga ko’ra, 14 terrorist yo’q qilindi.

Turkiya Harbiy bosh shtabi bu haqda bayonot berdi.

“Turkiyaning Iroqqa chegaradosh Shirnak viloyatida hujumga shay vaziyatda bo’lgan jangarilar aniqlandi. Harbiy samolyotlar vositasida olib borilgan operatsiyada 2 jangari yo’q qilindi”,-deyiladi bayonotda.

Iroq shimolida joylashgan Hakurk viloyatida esa, hujum sodir qilishga tayyorlanayotgan 12 jangari yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar