Turkiya mamlakatda favqulodda vaziyatni bekor qilishni talab qilgan BMTni tanqid qildi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

933804
Turkiya mamlakatda favqulodda vaziyatni bekor qilishni talab qilgan BMTni tanqid qildi

Turkiya mamlakatda favqulodda vaziyatni bekor qilishni talab qilgan BMT hisobotini tanqid qildi.

Hisobot haqida “terror tashkilotlarining tashviqotlarini qo’llab quvvatlovchi asossiz iddaolar” deya fikr bildirgan Turkiya tashqi ishlar vazirligi shunday bayonot berdi.

“BMT Inson huquqlari oliy komissari 2018 yilning 20 mart kuni mamlakatimizdagi favqulodda vaziyat choralariga e’tibor qaratgan bir hujjatni “hisobot” sifatida e’lon qildi. Davlatimiz duch kelgan terror tahdidlarini, asosan xalqimizning demokratik hayotiga rahna soluvchi 2016 yil 15 iyul voqealarining inson huquqlariga ko’rsatgan ta’sirini butunlay ko’rmaslikka olgan bu matn biz uchun hech qanday ma’no kasb etmaydi. Bu hujjatga imzo qo’ygan Oliy komissarning bir muddatdir Turkiya bilan bog’liq mavzularda betarafligini yo’qotganligi boshqa hitoblarida ham oshkor sezilib turadi. Bu hujjat terror tashkilotining tashviqotlari bilan bir-birini to’ldiruvchi asossiz iddaolarni o’z ichiga olgan. Buni qabul qilish mumkin emas. Ushbu hujjat inson huquqlari sistemasi jihatidan tahlika yaratmoqda. Turkiya inson huquqlarini himoya qilish, mavjud standardlarni eng ilg’or saviyaga olib chiqish va bu mavzularda BMT kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish qat’iyligini saqlab qoladi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi shunday bayonotida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BMT , #favqulodda vaziyat , #hisobot

Aloqador xabarlar