“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3530 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 3530 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

930953
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3530 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida kecha bir askar shahid bo’ldi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda,

“Zaytun novdasi amaliyoti doirasida 2018-yilning 15-marti kuni Afrinda qo’lda yasalgan bombaning portlashi oqibatida bir qahramon askarimiz shahid bo’ldi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Shu bilan birga Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 3530 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra amaliyot doirasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish maqsadida quriqlik va havo amaliyotlari davom etmoqda.

Shu doirada amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan jami terroristlar sonining 3530 nafarga yetganligi ham qayd etildi.

Aytib o’tish joizki Turk Qurolli kuchlari bilan Erkin Suriya armiyasi Afrinning Jinderes shaharchasiga qarashli Yuqori va pastki Meski qishlog’i bilan Afrinning g’arbidagi Raju shaharchasiga qarashli Shayx Bilol, shimoli-sharq mintaqasidagi Sheran shaharchasiga qarashli Kichik Maydon, janubi-g’arbidagi Jinderes shaharchasiga qarashli Kurdane qishloqlari va strategik jihatdan muhim deb hisoblangan 801, 524 va 544 raqamli tepalikni YPG/ PKK-DEASh terror tashkilotidan qutqardi. 

Bu orqali kun bo’yi terror tashkilotidan qutqarilgan qishloq soni 5 ga yetdi.

TQK va ESA amaliyot doirasida 213 qishloq bilan 44 strategik tepalik jami 257 nuqtani nazorat ostiga oldi.

 



Aloqador xabarlar