“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3347 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 3347 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

927866
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3347 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 3347 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra hududlar va mintaqa xavfsizligi bilan barqarorligini ta’minlash, Suriyaning shimoli-g’arbida joylashgan Afrin tumanida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terroristlar zulumidan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyoti davom etmoqda.

Shu doirada amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan jami terroristlar sonining 3347 nafarga yetganligi ham qayd etildi.

Amaliyot doirasida Afrinning Kibar, Zindikon, Kila, Kumushburch, Jelema, Hapol, Berlane Kuy va Kichik Karkin qishloqlari ham terroristlardan qutqarildi.

Aytib o’tish joizki Turk Qurolli kuchlari va Erkin Suriya armiyasining Afrin markaziga kirib borishiga atigi 1.5 kilometrgina qolgan.

Afrin shahar markazidan qochgan suriyalik oilalar Turk Qurolli kuchlari tomonidan 2016-yili “Firat qalqoni” amaliyoti orqali terroristlardan qaytarib olingan xavfsiz mintaqalarga qochmoqda.

Qochganlarning ko’pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.



Aloqador xabarlar