Turkiyada bir hafta ichida terror tashkiloti PKKga a’zo 13 terrorist yo’q qilindi

Turkiya sharqida joylashgan Mardin, Tunjeli, Hakkari, Bitlis, Batman va Diyarbakir viloyatlarida olib borilgan operatsiyalarda terroristlar tomonidan foydalanilgan 21 ta boshpana, 9 ta qo’lbola bomba va mina yo’q qilindi.

927626
Turkiyada bir hafta ichida terror tashkiloti PKKga a’zo 13 terrorist yo’q qilindi

Turkiyada bir hafta ichida terror tashkiloti PKKga a’zo 13 terrorist yo’q qilindi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda 5-12 mart kunlari orasida butun mamlakat bo’ylab olib borilgan operatsiyalarga doir ma’lumot berildi.

Bunga ko’ra, ichki xavfsizlik operatsiyalarida 5 terrorist taslim bo’ldi. 7 nafari tiriklayin qo’lga tushirildi. 1 terrorist yo’q qilindi.

Turkiya sharqida joylashgan Mardin, Tunjeli, Hakkari, Bitlis, Batman va Diyarbakir viloyatlarida olib borilgan operatsiyalarda terroristlar tomonidan foydalanilgan 21 ta boshpana, 9 ta qo’lbola bomba va mina yo’q qilindi.

Shuningdek, 1 tonna 172 kg portlovchi modda, 46 ta qo’lbola bomba, 21 ta avtomat va 2944 ta turli rusumdagi qurol-aslahalar va o’q-dorilar topildi.

Bundan tashqari, katta miqdorda giyohvand modda qo’lga tushirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #operatsiya , #PKK , #terrorist

Aloqador xabarlar