Bugun, 12-mart Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Majlis raisi Ismail Kahraman, Mehmet Akif Ersoy umr surgan davrda, dunyo musulmonlarining birlik va birdamlik uchun kurash olib borganligini qayd etdi.

928086
Bugun, 12-mart Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun Turkiyada, yurt bo’ylab Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman,

“Yuksaklarda hilpiragan qizil bayrog’imizning tovushli manifesti hisoblangan Davlat madhiyamizning bir umr tilimizdan tushmay, ko’nglimizdan iroqlashmasligini tilab qolaman” dedi.  

Majlis raisi Ismail Kahraman, Mehmet Akif Ersoy umr surgan davrda, dunyo musulmonlarining birlik va birdamlik uchun kurash olib borganligini qayd etdi.

Kahraman shuningdek, musulmonlarning birlik va birdamligiga bo’lgan ishonchini bir umr himoya qilgan marhum Akif Ersoyning, Davlat madhiyasida ham huddi mana shu vazifasini a’lo darajada bajarganligiga e’tibor qaratdi.

Majlis raisi,

“Mustaqilligimiz asoschisi, istiqbolimiz kafolati bo’lgan barcha shahidlarimiz va g’oziylarimizni rahmat bilan yodga olib, Olloxdan aziz xalqimizga bundan buyon bundayin Davlat madhiyasi yozdirmasligini so’rab qolamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar