Turkiyada bir hafta ichida 18 ta terrorist yo’q qilindi

Turkiya qurolli kuchlari davlat xavfsizligini saqlash maqsadida chegara ortida va mamlakat bo’ylab terror tashkilotlari PKK, YPG va DAIShga qarshi kurashini jadallik bilan davom ettirmoqda.

926933
Turkiyada bir hafta ichida 18 ta terrorist yo’q qilindi

Turkiyada terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda.

Mamlakat bo’ylab bir hafta ichida 18 ta terrorist yo’q qilindi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya qurolli kuchlari davlat xavfsizligini saqlash maqsadida chegara ortida va mamlakat bo’ylab terror tashkilotlari PKK, YPG va DAIShga qarshi kurashini jadallik bilan davom ettirmoqda.

PKK terror tashkilotining yashirinish va Turkiyaga o’tish joyiga aylangan Diyarbakir va Mardin viloyatlari hamda Iroq shimolida olib borilayotgan keng ko’lamli harbiy amaliyotlar to’xtovsiz davom etmoqda.

2-9 mart kunlari orasida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarda 18 terrorist yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

 



Aloqador xabarlar