Kun tahlili 10 – qism

Turkiyaning ko’p tomonlama tashqi siyosat“ tushunchasi, Turkiyaning Afrika qit’asida yangi faoliyatlar amalga oshirishiga sabab bo’ldi.

925910
Kun tahlili 10 – qism

Kun tahlili 10 – qism

Turkiyaning ko’p tomonlama tashqi siyosat“ tushunchasi, Turkiyaning Afrika qit’asida yangi faoliyatlar amalga oshirishiga sabab bo’ldi. Afrika siyosati doirasida, Turkiya ko’plab muhim  gumanitar yordam faoliyati amalga oshirdi, diplomatik  aloqalarni rivojlantirib  Afrikada strategik fursatlar qo’lga kiritdi. Turkiya,  “mustamlaka” uchun harakat qilmagani  va Afrika o’lkalari bilan mushtarak foydalar asosiga tayangan  aloqalar  o’rnatishlari, Turkiyaning muvaffaqiyatining asosiy tashkil etmoqda.  

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning Jazoir, Mavritaniya, Senegal va Malini o’z ichiga olgan Afrika safarlari, Turkiya bilan Afrika o’lkalari o’rasidagi iqtisodiy va Strategik hamkorligini kengaytish yo’lida muhim  juda bir qadamdir.

SETA( Siyosat, iqtisodiy va  ijtimoiy  tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi muharrir Jan Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.  

Turkiyaning Afrika bilan savdo  hajmi 15 yilda 6 barobar ortib 17,5 milliard dollarga erishdi. Afrikada  Turkiyaning to’g’ridan investitsiyalari 2003da 100 million dollar ekan, 2017da 6,5 milliard  dollarga bordi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning oxirgi Afrika safari doirasida ko’plab iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.  Bundan tashqari o’lkalar o’rasidagi savdo hajmini yuqori bosqichlarga ko’tarish  uchun yangi o’z oldiga  maqsadlar belgilandi. Misol uchun Senegal bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi, 250 million dollarga borgandan keyin, 400 million dollarlik  yangi bir reja belgilandi.

Turkiyaning Afrika siyosati G’arbning mustamlaka siyosatining  zidiga  “  ikki tomon ham manfaatdor bo’lgan  bir yondashuv bilan davom ettiriladi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Jazoir safari chog’ida, Jazoirlik jurnalist Usmoniy imperiyasini  nazarda tutib, “ Turkiya, Jazoirni   mustamlaka  sifatidami ko’rardi?”  deb bergan savolga. Prezident: “ Unday bo’lsa edi siz bu savolni mendan Fransuzcha emas Turkcha so’rardingiz. “ deb javob berishi Turkiyaning Afrika siyosati  G’arbning mustamlaka tushunchasidan juda faqrli ekanini ko’rsatmoqda.

Turkiyaning Afrika siyosatidagi muvaffaqiyatining  asosiy  va boshqa eng  muhim sabablaridan biri esa

Gumanitar yordam siyosatidir. Turkiya milliy daromadiga nisbatan dunyoda eng ko’p gumanitar yordam bergan o’lka bo’lishi, Turkiya insonga  tashqi siyosatida  qanchalik katta e’tibor berganini ko’rsatmoqda.  Ochlik, qurg’oqchilik va kambag’allik bilan kurashda faol rol o’ynagan

Turkiya, bundan tashqari urushdan jabrlanganlar va kasallarga yordam berib kelmoqda.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning Rafiqasi Emine Erdo’g’an Turkiyaning  insoni  siyosatini shunday qilib izoh etmoqda: “ Qurg’oqchilik Afrikaning taqdiri. Lekin ochlikdan o’lim  esa taqdir emas. Ommaviy o’limlar taqdir emas. Afrikaning siyosiy barqarorligi uchun xalqaro tashkilotlarni harakatga o’tkazish,  Afrika xalqining  o’ziga ishonishlari  uchun sa’y- harakat qilish asosdir.”

Turkiyaning Afrika siyosati doirasida gumanitar yordamlar tashqarisida muhim ijobiy omillar esa

Bosh shtab rahbariyati, Iqtisodiyot  vazirligi, taraqqiyot vazirligi, xalq ta’lim vazirligi, xazinachilik maslahatchiligi,  AFAD, oliy ta’lim kredit va Yotoqxonalar tashkiloti, Turk qizil yarim  oy jamiyat, chet el Turklari birligi va Yunus Emre jamg’armasi tashkilotlari muhim rollar o’z zimmasiga olmoqda.

Afrikada ko’plab loyihaga imzo qo’ygan Turk tashkilotlari bilan bir qatorda  Nohukumat tashkilotlarning   ham muhim loyihalari  mavjud. Turkiya bilan Afrika o’lkalari o’rtasida aloqa kun- sayin mustahkamlashmoqda.

Boshqa tomondan iqtisodiy sohada Turkiya Afrikada ayniqsa inshoot sektorida faol bir davlatga aylanmoqda. Turk shirkatlari ko’plab Afrika o’lkasida inshoot ishlari  amalga oshirmoqda.

Shunday qilib Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Afrika safari chog’ida Turk shirkatlarining  inshoot shantiyalarini   ziyorat etdi.

Turkiyaning Afrika siyosatida muhim bir masala esa, FETOga oid  maktab va tashkilotlardir. Turkiya Afrika o’lkalari bilan amalga oshirgan aloqalar natijasida FETO maktablari yopilib Maorif jamg’armasiga davr etilishini ta’min etishga harakat qilmoqda.

Maorif jamg’armasi Tunis, Tanzaniya, Sudan, Somali, Sierra Leone, Sao Tom va Principe, Senegal, Niger, Mavritaniya, Mali, Kongo, Gvineya, Gambiya, Chad va Djibouti kabi 88ta  maktabda ta'lim bermoqda.

SETA( Siyosat, iqtisodiy va   ijtimoiy  tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi muharrir Jan Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afrika , #Aloqalar

Aloqador xabarlar