Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Avstriyada

Germaniyaga bo’lgan tashrifi ortidan Avstriya poytaxti Venaga borgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, u yerda Yunus Emre nomidagi institutning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

925346
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Avstriyada

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Avstriyada.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li,

“Bugungi kunda dunyoning har bir nuqtasida Yunus Emre institutining yoki Turk Madaniyat markazining sonini orttirish uchun kerakli say-harakatlarimiz davom etmoqda. Chunki biz Yunus Emre institutlari faoliyat olib borgan davlatlarni, yurtimiz o’rtasidagi aloqa va do’stlik ko’prigi deb hisoblaymiz” dedi.

Germaniyaga bo’lgan tashrifi ortidan Avstriya poytaxti Venaga borgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, u yerda Yunus Emre nomidagi institutning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Chavusho’g’li mazkur ochilish marosimida so’zlagan nutqida, Venada 2015-yildan beri o’z faoliyatini davom ettirgan Vena Yunus Emre institutini olqish ila kuzatib borganliklarini eslatib o’tgan holda,

“Yunus Emre instituti qoshidagi Turk Madaniyat markazini sizlar bilan birgalikda ochishdan xursandmiz” dedi.

Shuningdek, Vena Yunus Emre instituti tomonidan Avstriyada bugungacha 248 o’quvchiga turk tilida ta’lim berilishidan xursand ekanliklarini ham eslatgan Chavısho’g’li, institutning, turk tili darslaridan tashqari turli tadbirlar doirasida ham faoliyat olib borganliklarini qayd etgan holda, institut xodimlarini tabrikladi.

Mevlut Chavusho’g’li poytaxt Venadek san’at va madaniyatga boy bir shaharda davom etgan tadbirlarning yana-da a’lo darajada o’tkazilishi kerakligini, Vena Yunus Emre institutining buni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirajagiga ishonchi komil ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar