Chavusho’g’li Iroqda ham PKKga qarshi amaliyot olib borilajagini ma'lum qildi

Hozirning o’zida o’zaro munosabatlar uchun Avstirayada bo’lgan Chavusho’g’li, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi haqida ma’lumot berdi.

925458
Chavusho’g’li Iroqda ham PKKga qarshi amaliyot olib borilajagini ma'lum qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li PKK terror tashkilotiga qarshi Turkiya chegarasidan tashqarida, Iroq hukumati bilan hamkorlikda amaliyot olib borilajagini ma'lum qildi.

Chavusho’g’li, mazkur amaliyotning qachon amalga oshirilshi haqida esa Iroqda, 12-mayda bo’lib o’tadigan saylovlardan keyin ekanligiga e’tibor qaratdi.

Hozirning o’zida o’zaro munosabatlar uchun Avstirayada bo’lgan Chavusho’g’li,

“Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida davom etgan Zaytun novdasi amaliyoti may oyigacha tamomlanadi. Iroqda ham PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyot olib boriladi. Buni Iroq hukumati bilan hamkorlikda yuritamiz. Afrin amaliyoti tamomlanmasa ham bir vaqtning o’zida ikkita amaliyot olib borish kuchiga egamiz” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining hamraisi ekanligi iddio qilingan Salih Muslim masalasiga ham to’xtalar ekan, Muslimning Shvetsiyada ekanligini va shuning uchun ham Shvetsiyadan vaqtinchalik nazorat ostiga olinishining talab qilinganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar