Turkiyada 1 haftada 20 terrorist yo’q qilindi

Turkiya bo’ylab PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot natijasida 1 haftada 20 terrorist yo’q qilindi.

922962
Turkiyada 1 haftada 20 terrorist yo’q qilindi

Turkiya bo’ylab PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot natijasida 20 terrorist yo’q qilindi.  

Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 26-fevralidan boshlab 5-martigacha bo’lgan amaliyot natijalari haqida ma’lumot berdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra bir hafta ichida terrorizmga qarshi kurash doirasida 20 terrorist yo’q qilindi va ulardan 7 nafari o’lik holatda, 5 nafari esa tiriklayin qo’lga tushar ekan 8 nafari o’z xohishi bilan taslim bo’ldi.

Turkiyaning Mardin, Tunjeli, Tokat, Shirnak, Bitlis, Bingo’l va Diyarbakir viloyatlaridagi amaliyotlarida terror tashkiloti a’zolari tomonidan foydalanilgan 27 ta boshpana va g’or bilan ko’plab qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va minalar yo’q qilindi.

Xavfiszlik kuchlari tomonidan portlaguvchi modda ishlab cihqarishda foydalanilgan 578 kg modda, 17 ta granata, 24 tasi og’ir va uzun stvolli qurol bo’lish bilan birga jami 27 ta qurol bilan 55 ming 526 dona turli xil o'q-dori topildi.  



Aloqador xabarlar