“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2612 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 2612 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

922261
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2612 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 2612 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 96 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Foydalanilgan qurol-yaroq va o’q-dori doxil barcha faoliyatlarning Qurolli to’qnashuvlar to’g’risidagi qonun asosida va qonuniy zaminda olib borilganligiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotiga oid 924 nuqtaning havo amaliyoti orqali yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan terroristlar sonining 2612 nafarga yetganligi ham ilova etildi.

Aytib o’tish joizki strategik ahamiyatga ega bo’lgan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanining Rajo shaharchasi bosh bo’lish bilan birga tumanning Hamilek, Ramadiye, Badinli, Karkin, Ali Bezanli va Chemenli doxil jami 7 turar-joy hududi terroristlardan qutqailgan vaziyatda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar