Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Iordaniyaga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Iordaniya qiroli Abdulloh Bin Husayin tomonidan qabul qilinadi.

912863
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Iordaniyaga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li bugun Iordaniyaga jo'nab ketadi.

Mavlud Chavushog'li dastlab Iordaniyadagi Turkiya elchixonasi hududida mamlakatda yashovchi turklar bilan uchrashadi.

So'ngra, Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen As-Safadi tomonidan beriladigan ziyofatga tashrif buyuradi.

Eymen As-Safadi va Mavlud Chavushog'li o'rtasida bo'lib o'tadigan rasmiy uchrashuv esa ertaga amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Mavlud Chavushog'li ikki kun davom etadigan rasmiy ziyorat chog'ida Iordaniya qiroli Abdulloh Bin Husayin tomonidan qabul qilinadi.

Bo'lib o'tadigan uchrashuvda Turkiya-Iordaniya munosabatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Falastin masalasi, Suriyadagi vaziyat bilan bir qatorda mintaqaviy dolzarb muammolar muhokama qilinadi.

Eslatma: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Munih xavfsizlik konferensiyasiga qatnashish maqsadida Germaniyada edi. U Germaniyadan Iordaniyaga jo'nab ketadi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar