Kalin, Trumpning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi McMaster bilan uchrashdi

Ibrahim Kalin, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi general-leytenant X.R. McMaster bilan uchrashdi.

908502
Kalin, Trumpning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi McMaster bilan uchrashdi

Prezidentlik apparati Bosh kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin10-11-fevral kunlari Istanbulda bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi general-leytenant X.R. McMaster bilan uchrashdi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra mazkur uchrashuvda Turkiya va AQShning uzoq muddatli strategik sheriklik munosabatlari bilan birga ikkala mamlakatning ustivor masalalari va tayanch nuqtalari qo’lga olingan.

Uchrashuvda shuningdek azaldan ittifoq bo’lib kelgan Turkiya va AQSh o’rtasidagi munosabatlar, mushtarak strategik sinovlar va mintaqaviy vaziyatlar haqida fikr almashilgan.

Shu doirada ikkala mamlakat munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatkan masalalar batafsil qo’lga olinib, har qanday terror tashkilotiga qarshi birgalikda kurash olib borish yo’llari qarab chiqilgan.



Aloqador xabarlar