Turkiya yoshlik va sport vaziri Osman Ashkin Bak Janubiy Koreyaga jo'nab ketdi

Turkiya yoshlik va sport vaziri Osman Ashkin Bak Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan 23-Qishki olimpiadalarning rasmiy ochilish marosimiga qatnashadi.

906534
Turkiya yoshlik va sport vaziri Osman Ashkin Bak Janubiy Koreyaga jo'nab ketdi

Turkiya yoshlik va sport vaziri Osman Ashkin Bak 23-Qishki olimpiadalarning rasmiy ochilish marosimiga qatnashish uchun Janubiy Koreyaga jo'nab ketdi.

Vazirlik tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, yoshlik va sport vaziri Osman Ashkin Bak 9-25 fevral kunlari PyeongChang shahrida o'tkaziladigan olimpiadalarda milliy sportchilarni qo'llab quvvatlash maqsadida bugun oqshom Janubiy Koreyaga safar qiladi va Turkiya milliy terma jamoasi bilan birga olimpiadalarning ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta'kidlash joizki, 23-Qishki olimpiadalarning bayroq marosimi PyeongChang olimpia shaharchasida bo'lib o'tdi.

Marosimda Xalqaro olimpiada qo'mitasi qo'shimcha rahbari va Turkiya milliy olimpiada qo'mitasi rahbari Ug'ur Erdener boshchiligidagi Turkiya milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Marosimda istiqlol gimgi kuylandi.

 

 



Aloqador xabarlar