PYD/PKK tarafdorlarining namoyish o'tkaizshiga Italiya politsiyasi ruxsat bermadi

Italiyaning poytaxti Rimdan Vatikanga ruxsatsiz norozilik namoyish o’tkazmoqchi bo’lgan  bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK tarafdorlariga, Italiya politsiyasi aralashdi.

904511
PYD/PKK tarafdorlarining namoyish o'tkaizshiga Italiya politsiyasi ruxsat bermadi

Italiyaning poytaxti Rimdan Vatikanga ruxsatsiz norozilik namoyish o’tkazmoqchi bo’lgan  bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK tarafdorlariga, Italiya politsiyasi aralashdi.

Poytaxt  Rimda namoyish o’tkazgandan  so’ngra Vatikanga qarab ruxsatsiz yo’l olmoqchi bo’lgan terror tashkiloti PYD/PKK tarafdorlariga politsiya aralashdi.

Italiya rasmiy xabar agentligi Ansaning xabariga ko’ra, Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an kecha Vatikandagi uchrashuvlari paytida Vatikan  yaqinidagi muqaddas malak qal’asi Castel Sant Angelo) oldida yig’ilgan terror tashkiloti PYD/PKK tarafdorlari noqonuniy namoyish o’tkazdi.

Namoyishning ortidan bir guruh tashkilot tarafdori, Vatikandagi Aziz Petrus( St.Peter) maydoniga ruxsatsiz yurmoqchi bo’lgan guruhga  politsiya  to’siq bo’ladi. Sodir bo’lgan janjalda namoyishchilardan birovi yaralandi, ikki nafari qo’lga olindi.

Vatikanga bormoqchi bo’lgan PYD/PKK tarafdorlariga ruxsat berilmadi, namoyishchilar Muqaddas malak qal’asining bog’ida politsiya  tomonidan o’rab olindi.

Bundan tashqari, Italiya politsiyasi tasvirga tushirgan fotosuratlardan to’qnashuvga ishtirok etgan tashkilot  tarafdorlarining kimliklarini aniqlashga harakat qildi.

Prezident Erdo’g’anning safari bo’yicha joriy  etilgan  har turli namoyish yoki yig’ilish tashabbusi taqiqlangan “ yashil hudud”, Aziz Petrus Maydoni, Xalq maydoni, Kollezyum va Circo Massimoni o’z ichiga olgan bir joyni qamramoqda.

 



Aloqador xabarlar