Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya-Suriya chegarasidagi qo’mondonlik shtatiga keldi

Binali Yildirim Turkiya-Suriya chegarasidagi Hatay viloyatida “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti shtabida vaziyat bilan tanishdi.

903516
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya-Suriya chegarasidagi qo’mondonlik shtatiga keldi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya-Suriya chegarasidagi qo’mondonlik shtatiga keldi.

Chegaradagi Hatay viloyatida “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti shtabida vaziyat bilan tanishgan Binali Yildirim so’ngra Kilis viloyatiga yo’l oldi.

Binali Yildirim Kilisda jurnalistlarga Turkiya-Suriya chegarasidagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

“Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti boshlangan kundan buyon Suriyadan Turkiyaning Hatay viloyatiga 60 ta, Kilis viloyatiga 34 ta raketa kelib tushdi. Bular oqibatida 7 kishi nobud bo’ldi. 113 kishi jabrlandi”,-dedi Binali Yildirim.

Ta’kidlanishicha, 20 yanvarda Suriyaning Afrin tumanida boshlangan harbiy amaliyotlar reja asosida muvaffaqiyatli davom etmoqda.

“Vaqti-vaqti bilan Suriya tomondan jangarilar hujum qilmoqda. Avvalgi hujumlarni hisobga olmaganda, harbiy amaliyotlar boshlangandan beri Hatayga 60 ta, Kilisga 34 ta bo’lib, jami 94 ta raketa otildi. 7 kishi nobud bo’ldi. 113 kishi jabrlandi”,-dedi Turkiya bosh vaziri.

 

 

 



Aloqador xabarlar