Bosh vazir Yildirim Afrindagi amaliyotga to’xtaldi

Bosh vaziri Binali Yildirim TQK tomonidan Afrinda davom etgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotga to’xtalar ekan mazkur amaliyot orqali terror tashkilotiga oid tunnellarning, mavzelarning vayron qilinganligini qayd etdi.

902354
Bosh vazir Yildirim Afrindagi amaliyotga to’xtaldi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida davom etgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot doirasida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotiga oid tunnellarning, mavzelarning vayron qilinganligini ma’lum qildi.

Bosh vazir Binali Yildirim Anqara-Nig’de avtomobil yo’lining Anqaraning Go’lbashi tumanidagi tantanali ochilish marosimida nutq so’zladi.

Bosh vazir ushbu nutqida terror tashkilotiga oid tunnellarning, mavzelarning qolaversa terroristlarning bor-yog’ining yer bilan yakson qilinganligini qayd etdi.  

Bosh vazir shuningdek terroristlarning Afrindan Reyhanliga, Hatayga, Kilisga 12 kunda roppa-rosa 82 dona raketa otkanliklarini, oqibatida 5 nafar Turk fuqarosining jon berganligini va 100 dan ortiq kishining tan jarohati olganligini eslatgan holda, “Vayron qilingan bino va jome’ masjidlarini aytmasak ham bo’ladi ammo gunohsiz insonlarga raketa, bomba tashlagan terroristlarni jimgina tomosha qilib otirolmaymiz” dedi. Bosh vazir o’z so’zini, “Shuning uchun ham mamlakatimizda va chet elda ularni butunlay yo’q qilgunga qadar terrorizmga qarshi kurash olib borishni davom ettiramiz. Maqsadimiz xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdir” deya yakunladi.



Aloqador xabarlar