Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Sergey Lavrov bilan muloqot o'tkazdi

Suhbat chog’ida Suriya masalasiga bag’ishlanib o’tkazilishi rejalangan milliy muloqot kongressiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

898577
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Sergey Lavrov bilan muloqot o'tkazdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefonda muloqot o’tkazdi.

Suhbat chog’ida Suriya masalasiga bag’ishlanib o’tkazilishi rejalangan milliy muloqot kongressiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Shuningdek, kongressning ehtimoliy natijalari bo’yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, Mavlud Chavushog’li va Sergey Lavrov Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.

Eslatma: Suriya milliy muloqot kongressi 29 va 30 yanvar kunlari Rossiyaning Sochi shahrida o’tkaziladi.

 

 



Aloqador xabarlar