Binali Yildirim Turkiyaning yakka o'zining Deashga qarshi kurashganini bildirdi

Binali Yildirim, Turkiyaning Firot Qolqoni operatsiyasi doirasida 2 ming km. maydonda Deashga qarshi kurashganini bildirdi.

898113
Binali Yildirim Turkiyaning yakka o'zining Deashga qarshi kurashganini bildirdi

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyaning Firot Qolqoni harbiy operatsiyasi doirasida 2 ming km. maydonda  Deashga qarshi kurash olib borganini bildirdi.

"Beyog'lu suhbatlari" dasturida so'zga chiqgan Yildirim, "Hatay va Kilisda raketalar, bombalar otilganini, davomli qo'rqitilganini bildirib, "Biz bunga ko'z yumishimizmi kerak? albattaki ko'z yummaymiz" deb ifoda etdi.

Binali Yildirim, "Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) kabi kuchli bir davlat, katta imkoniyati bor ekan, bir nechta terroristga muhtoj vaziyatdami?" dedi.

AQShning, "Turkiyaning janubiy hududida 30 ming kishlik bir qo'shin vujudga keltiramiz" deb ifoda etganini eslatgan Yildirim, "Bu nima ish? Turkiyaning janubdagi chegarasi NATO chegarasidir. O'z chegarasida xavf deb tushungan bir NATO davlatining u yerda bir qo'shin vujudga keltirishini biz tushuna olmaymiz. Bu ochiq bir dushmanlikdir. Turkiya bunga ruxsat bermaydi, buni kimning qo'llab-quvvatlashidan qat'iy nazar Turkiya bunga ijozat bermaydi" deb muloqot berdi.

Bosh vazir Yildirim, Turkiyaning pul evaziga qurol-yaroq xarid qilishni istaganiga qaramasdan lekin bunga muvofaq bo'la olmaganini bildirib, "Turkiya bu vaziyatda nima qilsin? Ya'ni mayli deb ko'z yumsinmi?" deb so'zladi.

Turkiyaning Afrinda faqat PKKga qarshi emas, ayni aytda Deashga qarshi ham kurashganini tushuntirgan Yildirim, quyidagicha davom ettirdi: "Afrinda operatsiya o'tkazishimizning sababi, u yerdagi mazlum, begunoh, zulm ko'rgan insonlarni qutqarishdir. Qolaversa o'lkamizga qaratilgan  tahditlarni bartaraf qilishdir. Xalqimining jon va mol xavfsizligini ta'minlash va chegarada tinchlik o'rnatishdir" dedi.

Yildirim, "Koshki bunlar bo'lmasaydi bizlar ham operatsiya o'tkazishga majbur qolmagan bo'lsaydik" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar