Turkiya tashqi siyosatiga nazar 4-qism

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipek Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti va uning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida mulohazalari...

896357
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 4-qism

                        

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda. Bu doirada Turkiya Suriyaning Afrin tumaniga o’rnashib olgan terror tashkiloti PKK jangarilariga qarshi harbiy amaliyot boshladi.

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti va bu amaliyotning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’sirlariga nazar tashlaymiz.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya anchadan beri Turkiya-Suriya chegarasida mamlakat tinchligiga xavf solayotgan terror tashkilotlariga qarshi harbiy amaliyot o’tkazishni rejalayotgan edi. Turkiya ushbu rejasini ishga soldi va kuni kecha Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin viloyatida harbiy amaliyotini boshladi. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning bayonotidan so’ng, harbiy amaliyotlar 20 yanvar kuni soat 17:00 da boshlandi. Harbiy amaliyotlarga “Zaytun novdasi” deb nom berildi va bu butun dunyoga e’lon qilindi.

Suriyaning shimoli g’arbida joylashgan Afrin tumani Turkiyaga chegaradosh tumanlardan biri bo’lib, Halap viloyatiga qarashli. Afrin Turkiya bilan Suriya o’rtasidagi chegara liniyasida muhim o’rin egallaydi. Afrin tumanidagi tinch aholining aksariyati mahalliy turkmanlar, kurdlar va arablardan iborat. Biroq, PKK va YPGning mintaqada faol bo’lishi bilan turkmanlar va arablar ko’chishga majbur bo’ldi. Aslida, PKK va YPG mintaqada faol bo’lmasdan oldin Afrindagi asosiy tinch aholi turkmanlardan iborat edi. Afrin tumani va atrofidagi turkman qishloqlari ham turkmancha nomlar bilan atalgan. Masalan; chegaradan janubga tomon Tepako’y qishlog’i, Koruko’y qishlog’i, Pullu, Sokalli, Atamanli, Alemdar, Chaqmoq kabi qishloqlar;

Shuningdek, Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi chegara postidan janubga tomon Bulbul qishlog’i, Mahmud Oba qishlog’i, Ziyoratko’y qishlog’i, Quruq ko’l qishlog’i va xakazolar;

Cherchim darasining sharqiy sohilidan Turkiya chegarasiga tomon ketgan bo’lim; Qozi qishlog’i, Kichik atamanli, Kantarli, Kantara, Al Jo’ra, Xoji kasimli, Arslon qishlog’i va xakazolar.

Afrin suvi vodiyida ham juda ko’p turkman qishloqlari mavjud. Bo’ri qulog’i, Qora bo’ri qulog’i, Kersen tosh, Masut, Chodirko’y qishlog’i va xakazolar;

Aslida, Afrin osonlikcha qo’lga kiritiladigan joy emas. Chunki, PKK va YPG anchadan beri u yerda harbiy tayyorgarlik ko’rmoqda. Ular bu maqsad bilan juda ko’p jangarilarni harbiy ta’limdan o’tkazdilar. Hududda juda ko’p tunel qazidilar va hududni qurollantirganligi barchaga ma’lum.

Qolaversa, PKK va YPG terror tashkilotlari bitta tashqi kuchning ijodi bo’lgan DAIShdan juda ko’p narsa o’rgandi  va bularni jang maydonida ishga solmoqda. “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida ham tinch aholidan jonli qalqon sifatida foydalanish kabi bir qator DAISh metodlarini amalda ijro etmoqdalar. Lekin, bularga qaramay Turkiya qurolli kuchlari ushbu terror tashkilotlarini mag’lub etadigan kuchga va qobiliyatga ega.

Shuni ta’kidlash joizki, bu amaliyot aslo kurd xalqiga nisbatan boshlangan amaliyot emas. Zotan, mintaqada yashagan mahalliy kurdlar ham buni juda yaxshi biladi.

Yana bir muhim xusus shundaki, harbiy amaliyotlarga hissa qo’shayotgan barcha turkman askarlarning boshida kurd qo’mondonlar mavjud. Ular ham PKK jangarilariga qarshi sidqidildan kurashmoqdalar.

Mavzuga AQSh jihatidan nazar tashlaydigan bo’lsak, xozirgi bosqichda AQSh uchun Afrinning hech qanday ahamiyati yo’q. Xatto, AQSh ushbu harbiy amaliyotlardan mamnun ham bo’layotgan bo’lishi mumkin. Buning ikki sababi bor.

Birinchisi: Turkiya bilan Rossiyaning Afrin orqali muammoga uchrash ehtimoli. Ikkinchisi esa, barchaga ma’lum bo’lganidek, AQSh Evfrat daryosining sharqida PKK terror tashkiloti bilan birga uzoq muddatli harbiy va siyosiy loyiha ishlab chiqish rejasini tuzmoqda. Bu loyihaga qarshi bo’lgan Turkiyaning boshqa muammoga o’ralashib qolishi AQSh jihatidan mamnuniyat bilan kutib olinishi mumkin.

Turkiya “Evfrat qalqoni” amaliyotida bo’lgani kabi, ushbu “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyotida ham BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlariga va BMT qarorining 51-moddasiga amal qilmoqda. Shu sababli, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti xalqaro huquq jihatidan o’rinlidir.

Umid qilamanki, Turkiya qurolli kuchlarining harbiy amaliyoti Afrin bilan cheklanib qolmaydi. Aslida, taxminlar buning uchun Turkiyaga katta fursat yaratmoqda. Zero, Rossiya va AQSh Suriya masalasi bo’yicha jiddiy tortishuvlarga ega. Bu muhitda Turkiya muvozanatni saqlash jihatidan asosiy o’ringa chiqmoqda. Aslida, Turkiya bu fursatdan oqilona foydalanishi mumkin.

Zotan, Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning izohlarida bu qat’iylikni ko’rish mumkin. Turkiya qurolli kuchlarining “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti Afrindan so’ng, Munbich va Tel Abyad viloyatlarigacha kengayishi ehtimoldan holi emas.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar