Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriya chegarasidagi qo'mondonlik shtabiga keldi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an amaliyotning qo'mondonlik shtabida harbiy boshliqlardan "Zaytun novdasi" nomli harbiy amaliyot jarayoni haqida ma'lumot oldi.

897249
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriya chegarasidagi qo'mondonlik shtabiga keldi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an "Zaytun novdasi" nomli harbiy amaliyotning 6-kunida mamlakat janubidagi Hatay viloyatiga keldi.

Prezidentlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, prezident Erdo'g'an Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari Hulusi Akar hamrohligida oqshom vaqtida Ankaradan Hatayga uchib keldi. Ular "Zaytun novdasi" nomli harbiy amaliyotni boshqarishdan mas'ul 2-qo'shin shtabida bo'ldi.

Prezident Erdo'g'anga bosh vazir o'rinbosari Bekir Bozdag', milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli hamda quruqlik qo'shini qo'mondoni general Yashar Guler hamrohlik qilgan.

Shuningdek, Hatayda prezident Erdo'g'anni kutibolganlar orasida Hatay viloyati hokimi Erdal Ata ham bor.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an amaliyotning qo'mondonlik shtabida harbiy boshliqlardan "Zaytun novdasi" nomli harbiy amaliyot jarayoni haqida ma'lumot oldi.

Erdo'g'anning Hatayga safari munosabati bilan bosh vazir Binali Yildirimning prezident bilan bo'ladigan uchrashuvi ham bekor qilindi.

Prezident Erdo'g'an "Zaytun novdasi" nomli harbiy amaliyotning qo'mondonlik shtabida xizmat qilgan askarlar bilan uchrashdi.

Erdo'g'an askarlarga hitob qilar ekan, milliy xavfsizlikni ta'minlash uchun Afrinda olib borilayotgan harbiy amaliyot mintaqani jangarilardan tozalashni maqsad qilganligiga diqqat qaratdi.

 



Aloqador xabarlar