Mavlud Chavushog’li va Sergey Lavrov muloqot o'tkazdi

Suhbat chog’ida Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan Suriya milliy muloqot kongressiga doir tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

896926
Mavlud Chavushog’li va Sergey Lavrov muloqot o'tkazdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muloqot qildi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Suhbat chog’ida Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan Suriya milliy muloqot kongressiga doir tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

“Turkiya tomonining taklifi bilan kecha 24 yanvar kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li o’rtasida muloqot bo’lib o’tdi. Suhbat chog’ida, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Sochida o’tkaziladigan Suriya milliy muloqot kongressi bilan bog’liq tayyorgarlik jarayonini muhokokama qildilar. Yig’ilishning muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlash maqsadida o’zaro qo’shimcha tashabbuslar amalga oshirilishi qarorlashtirildi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Suriya milliy muloqot kongressi 29-30 yanvar kunlari Sochi shahrida o’tkazilishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar