Afrindagi terroristlar Turkiya chegarasiga raketa otdi

Suriyaning Afrin mintaqasidagi PKK/ PYD terror tashkiloti mavzelaridan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa otildi.

896486
Afrindagi terroristlar Turkiya chegarasiga raketa otdi

Suriyaning Afrin mintaqasidagi PKK/ PYD terror tashkiloti mavzelaridan Turkiyaning Kilis viloyatiga otilgan raketalar tufayli 2 kishi jon berdi, 8 kishi esa tan jarohati oldi.

Kilis viloyat hokimi Mehmet Tekinarslan, bir jome’ masjidiga kelib tushgan raketalar yuzasidan tan jarohati olganlardan 2 nafarining ahvolining og’ir ekanligini ma’lum qildi.

Tekinarslan shuningdek, raketa kelib tushgan uydagilarning esa ahvolining yaxshi ekanligini o’z so’ziga ilova etdi. Voqea joyiga tez yordam mashinasi va o't o’chiruvchi mashinalar yuborildi.

Aytib o’tish joizki Kilisga otilgan raketalar ortidan TQK, terror mavzelarini firtina deb nomlangan gaubitsa to’plari otish orqali o’qqa tutdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kilis , #raketa , #terroristlar

Aloqador xabarlar