Rajap Tayyip Erdo’g’an:"Turkiya hech kimning bir qarich yeriga zor emas"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Twitterdagi sahifasida “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti haqida fikr bildirdi.

894794
Rajap Tayyip Erdo’g’an:"Turkiya hech kimning bir qarich yeriga zor emas"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Twitterdagi sahifasida “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti haqida fikr bildirdi.

Erdo’g’an: “Mintaqa terrorizm tahdididan forig’ bo’lgunicha harbiy amaliyotlar davom etadi”,-deb yozdi Twitterdagi sahifasida.

Prezident Erdo’g’an Suriya shimolidan Turkiyaga bir necha yildan beri davom etgan tahdidlar javobsiz qolmaganligini ta’kidlab, bu yo’ldan ortga qaytib bo’lmasligini ma’lum qildi.

“Turkiya hech kimning bir qarich yeriga zor emas”,-dedi Turkiya prezidenti.

“Ushbu harbiy amaliyotlardagi asosiy maqsadimiz milliy xavfsizligimizdan tashqari, Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va Suriya xalqining tinchligini ta’minlashga hissa qo’shishdir. Idlib va Afrinda osudalik va ishonch muhiti barpo etilgandagina yuz minglab suriyalik qardoshlarimiz o’z ona vataniga, o’z uylariga qaytish imkoniga ega bo’ladi. Mintaqa Turkiya uchun terrorizmning manbayi bo’lishdan qutulgunicha va insonlar huzur-halovatda yashaydigan zamon kelgunicha harbiy amaliyotlar davom etadi. Turkiya bu masalada hech kimdan ruxsat olishga majbur emas”,-dedi prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 

 

 



Aloqador xabarlar