Ibrahim Kalin: “Amaliyot ortidan Afrin o’z egalariga topshiriladi”.

Ibrahim Kalin, BBCning Turk xizmatiga “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot haqida ma’lumot berdi.

895455
Ibrahim Kalin: “Amaliyot ortidan Afrin o’z egalariga topshiriladi”.

Prezidentlik apparati Bosh kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin, Suriyaning Afrin mintaqasidagi terroristlarga qarshi boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti o’z nihoyasiga yetgach mintaqani, Afrin xalqiga topshirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.   

Ibrahim Kalin, BBCning Turk xizmatiga “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot haqida ma’lumot berdi.

“Suriya tuproqlarida aslo ko’zimiz yo’q” degan Kalin, amaliyotning kurdlarga, Suriya yoki Afringa emas terror tashkilotiga qarshi ekanligini qayd etdi.

Kalin, al-Bob va Jarablusda bo’lganidek Afrinning ham amaliyot ortidan o’z egalariga topshirilajagini o’z so’ziga ilova etdi.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining oxirgi bir yil davomida Turkiyani nishonga olgan 700 dan ortiq hujumga qo’l urganligini eslatgan Kalin, Turkiyaning o’z chegara hududi xavfsizligini himoya qilishga majbur ekanligiga e’tibor qaratdi.

Ibrahim Kalin xalqaro hamjamiyatning, Turkiya vaziyatini tushunmaganligini lekin amaliyotga qarshi chiqmaganligini qayd etdi.

Turkiyaning NATO tomonidan yetarli darajada qo’llab-quvvatlanmaganligini ta’kidlagan Kalin, Turkiyaning NATOdan uzoqlashish niyati yo’qligini ifoda etdi.

Ibrahim Kalin amaliyot uchun Rossiya, Eron va xalqaro koalitsiya o’rtasida aloqa qurilganligini belgilab o’tdi.  

Prezidentlik apparati Bosh kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalindan, Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Afrin ortidan navbatning Manbijga kelishi haqidagi bayonoti ham so’raldi.

Kalin, terror unsurlarining Manbijdan chiqishi haqida Amerika Qo’shma Shtatlarining 1.5 yil oldin va’da berganligini lekin PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining shaharni tark etmaganligini eslatdi.

Kalin, Afrin amaliyotining Suriyaning kelajagi qo’lga olinadigan yig’ilishlarga ijobiy hissa qo’shishiga ishonchi komil ekanligini ham belgilab o’tdi.

Amaliyotning qancha davom etishi haqidagi savolga qarshi Ibrahim Kalin, kunlab, haftalab davom etishi mumkinligini belgilab o’tgan holda, bugungacha amaliyotning muvaffaqiyatli davom etganligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar