Turkiya qurolli kuchlarining Afrinda harbiy amaliyot o'tkazishidan maqsad nima?

Afrinda harbiy amaliyot o’tkazishdan maqsad, Afrin viloyatida Turkiya tinchligiga xavf solayotgan PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh jangarilarini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini zulmdan qutqarishdir.

894085
Turkiya qurolli kuchlarining Afrinda harbiy amaliyot o'tkazishidan maqsad nima?

Turkiya bosh vazirligi davlat diplomatiyasi koordinatorligi Turkiya qurolli kuchlarining Suriyaga qarashli Afrin viloyatida harbiy amaliyot o’tkazishidan maqsad nima ekanligi haqida bayonot berdi.

Turkiya qurolli kuchlarining Afrinda “Zaytun novdasi” amaliyotini o’tkazishdan maqsad; Afrin viloyatida Turkiya tinchligiga xavf solayotgan PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh jangarilarini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini zulmdan qutqarishdir.

Afrin amaliyoti natijasida Turkiyaning Suriyaga chegaradosh viloyatlarida xavfsizlik ta’minlanadi.

PYD va PKK jangarilarining Amanos tog’i orqali Turkiyaga kirib kelishining oldi olinadi.

Qolaversa, sharqiy O’rta yer dengizi mintaqasi va bu yerdan dunyoga tarqalishni ko’zlagan PKKning ildizi quritiladi.

AQShning terror tashkilotlariga yetkazib berayotgan harbiy yordami to’xtatiladi.

Evfrat qalqoni amaliyoti davom ettirilgan holda, Turkiyada kun kechirayotgan suriyaliklarning vataniga qaytishiga imkon yaratiladi.

Shuningdek, Turkiyaning arab mintaqasi bilan geografik jihatdan aloqasi uzilish ehtimoli bartaraf etiladi.

Eng xavotirlanarli vaziyat shundaki, terror tashkilotlari va turli ekstremist guruhlarning Suriyaga qarashli Afrin viloyatiga joylashuvi Turkiyaga qarashli Kilis va Hatay viloyatlarining terror tashkilotlari jabhasiga aylanishiga olib keladi.

 



Aloqador xabarlar