Turkiya qurolli kuchlari uch kun ichida Afrindagi terror ob'yeklariga og'ir zarba berdi

Jangarilar makoniga aylangan Afrin viloyatiga Turkiya artelleriyasi Kilis hududidan turib o’t ochishni davom ettirmoqda.

894129
Turkiya qurolli kuchlari uch kun ichida Afrindagi terror ob'yeklariga og'ir zarba berdi

Turkiya qurolli kuchlarining Suriyaga qarashli Afrin viloyatida boshlagan “Zaytun novdasi” amaliyotiga ham mana uch kun to’ldi.

Uch kun ichida Turkiya-Suriya chegarasiga xavf solayotgan terror tashkilotlariga og’ir zarba berildi.

Jangarilar makoniga aylangan Afrin viloyatiga Turkiya artelleriyasi Kilis hududidan turib o’t ochishni davom ettirmoqda.

Suriya muxolifati hisoblanadigan “Suriya ozodlik armiyasi” ham Turkiya qo’shiniga yordam bermoqda.

Chegaraga joylashgan Turkiya qurolli kuchlari tarkibidagi qo’shin tomonidan PYD va PKK jangarilari ishg’olida bo’lgan hududlarga to’xtovsiz zarba bermoqda.

Zarba ovozlari Turkiyaning Kilis shahar markazi bilan Hatay viloyatidagi ba’zi qishloqlargacha eshitilmoqda.

Chegaradagi qo’shinga vaqti-vaqti bilan qo’shimcha harbiy texnika va o’q-dori yetkazilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar