Bekir Bozdag':"Turkiya qurolli kuchlarining tinch aholiga hujum qilgani haqidagi gaplar yolg'on"

"Turkiya harbiy amaliyotni qachongacha davom ettirishni o'zi biladi. Bu amaliyot birgina jangari qolmagunicha davom etadi",-dedi Bekir Bozdag'.

894650
Bekir Bozdag':"Turkiya qurolli kuchlarining tinch aholiga hujum qilgani haqidagi gaplar yolg'on"

Turkiya bosh vazir o'rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag' Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi harbiy amaliyotida tinch aholi qatl etilayotgani haqidagi iddaolar yolg'on ekanligini ta'kidladi.

"Ushbu harbiy amaliyotdan maqsad PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh terror tashkilotlarini yo'q qilishdir. Turkiya tinch aholiga zarar yetmasin deb bor g'ayratini ishga solmoqda. Mintaqa xalqi uchun o'ta ehtiyotkoronalik bilan g'ayrat ko'rsatmoqda. Buning uchun barcha chora-tadbirlar olingan. Turkiya tinch aholining haq va huquqini muhofaza qilish bo'yicha doimo o'rnak bo'lib kelgan",-dedi Bekir Bozdag'.

Bozdag':"Turk qizil yarim oy jamiyati harbiy amaliyot hududlaridagi tinch aholiga oziq-ovqat va tibbiy yordam ko'rsatmoqda. Ularning har qanday ehtiyojini qondirish maqsadida faoliyatlar amalga oshirila boshladi",-dedi.

"Zaytun novdasi" harbiy amaliyoti xohishga ko'ra emas, majburiyatga ko'ra amalga oshirilayotganligini aytgan Bozdag': "Maqsad jangarilarni, ularning o'q-dori omborlarini, boshpana va logistika markazlarini yo'q qilishdir",-dedi.

Harbiy amaliyot reja asosida muvaffaqiyatli davom etayotganligini tilga olgan Bozdag' bundan keyin ham muvaffaqiyatli davom etishini bildirdi.

U Amerikaning mulohazalariga ham o'z munosabatini bildirdi. 

"Turkiya harbiy amaliyotni qachongacha davom ettirishni o'zi biladi. Bu amaliyot birgina jangari qolmagunicha davom etadi",-dedi Bekir Bozdag'.

Bozdag' asirlikda bo'lgan DAISh jangarilari ozod qilinganligini ham ma'lum qildi.



Aloqador xabarlar