Binali Yildirim OAV vakillariga Afrin operatsiyasi haqida ma’lumot berdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim ommaviy axborot vositasi vakillari bilan Istanbuldagi Bosh vazirlik ko’shkida uchrashuv o’tkazdi.

893477
Binali Yildirim OAV vakillariga Afrin operatsiyasi haqida ma’lumot berdi

Afrindagi terror tashkilotlariga qarshi quriqlikdan ham operatsiya boshlatildi va turk askarlari bugun soat 11 dan 05 daqaqa o’tkanida mintaqaga kirib bordi.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim ommaviy axborot vositasi vakillari bilan Istanbuldagi Bosh vazirlik ko’shkida uchrashuv o’tkazdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tkan va roppa-rosa 1.5 soat davom etgan uchrashuvning eng asosiy kun tartibi moddasida Suriyaning Afrin shahridagi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD va DEASh terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish maqsadida boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiyaning o’rin olganligi o’rganildi.

Kecha boshlagan havo operatsiyasi va to'p otishlari ortidan quriqlikdan boshlatilgan bugungi operatsiyaga e’tibor qaratgan Bosh vazir Yildirim, amaliyotning ketma-ket davom etajagini qayd etdi.  

Afrindagi operatsiyada terroristlarning nishonga olinganligini ta’kidlagan Binali Yildirim, operatsiyaning 4 bosqichda olib borilajagini va 30 kilometr teranglikda xavfsiz hudud tashkil etilajagini belgilab o’tdi.

Afrinda 8 mingdan 10 ming nafargacha terrorist borligini eslatib o’tkan Bosh vazir Binali Yildirim, mintaqaning barcha terror tashkilotidan qutqarilajagini, bu masalada Turkiyaning to'liq qarorli ekanligini ta’kidladi.

Bosh vazir, operatsiyada foydalanilgan o'q-dorilarning hammasining Turkiyada ishlab chiqarilganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Operatsiyaning Manbij bilan davom etib etmasligi haqida esa Bosh vazir, “Amerika Qo’shma Shtatlari va’da bergan, ana shu va’daning bajarilishini kutyapmiz” dedi.

Aytib o’tish joizki AQSh o’z qo’li bilan har jihatdan qo’llab-quvvatlagan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijni DEASh terror tashkilotidan qutqarganidan keyin,  mintaqani tark etishi va ularga bergan qurollarni qaytarib yig’ib olishi haqida va’da bergan edi. Lekin bu masalada hech qanday o’zgarish kuzatilmadi aksincha, Manbij DEAShdan qutqarilganidan keyin ham AQSh PYD-YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlashni davom ettirgan.



Aloqador xabarlar