Turkiya tashqi siyosatiga nazar 3-qism

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlariga doir mulohazalari...

891176
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 3-qism

                          

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlariga nazar tashlaymiz. Shuningdek, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari jihatidan 2017 yilni qanday baholash mumkin, qolaversa 2018 yilda qanday yangi rejalar ishlab chiqilgan? Bularga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya Respublikasi 2017 yilda Yevropa Ittifoqi bilan bo’lgan munosabatlari jihatidan murakkab yil bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Aslida, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari 2016 yilda ham juda murakkab davrni boshidan o’tkazgan edi. 2017 yilda ancha taranglashgan aloqalar tarixda salbiy tus oldi deyish mumkin. Ayniqsa, 2017 yilning birinchi yarmida taranglik avj olgan edi. Bu davrda media organlari vositasida qarama-qarshi ayblovlar bilan dahanaki jang boshlandi. Buning sababi 2016 yildan qolgan muammolar edi. Biroq mavjud muammolardan tashqari, 2017 yilda yuzaga kelgan yangi muammolar va kamchiliklar ham bunga qo’shimcha bo’ldi. Natijada muammolarning yechimi yanada murakkab vaziyatga aylana boshladi.

2017 yilda aloqalarning yanada salbiy tus olishiga sabab bo’lgan omillardan biri ba’zi Yevropa davlatlarida amalga oshirilgan saylovlar edi. Ushbu saylovlar natijasida Yevropa davlatlari ashaddiy millatchilarning ifodalariga berilib ketdi. 2017 yilning mart oyida Gollandiya, aprelda Fransiya, iyunda Birlashgan Qirollik, sentyabrda Germaniya va oktyabrda Avstriyada saylovlar bo’lib o’tdi. Bu saylovlarda o’ta millatchi ko’z-qarashga ega bo’lgan partiyalar ko’p ovoz oldilar. Shu bilan birga katta kuch qozondilar. Natijada, Yevropa davlatlarida siyosiy va ijtimoiy zaminda ashaddiy millatchilik avj oldi. Yevropada siyosat olib borgan asosiy oqim siyosiy partiyalar ham vaziyatdan jiddiy ta’sirlandi. Bu mamlakatlardagi saylov jarayonida Turkiya va prezident Erdo’g’anning shaxsiga nisbatan qo’pol so’zlar sarf qilinganini guvohi bo’ldik.

Ayniqsa, Gollandiya, Germaniya, Avstriya kabi ashaddiy millatchilar kuchli bo’lgan davlatlarda Turkiya va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayoni saylov manbasiga aylandi. Bu vaziyat esa, uningsiz ham murakkab bo’lgan aloqalarning juda salbiy tus olishiga olib keldi.

Yevropa Ittifoqining ilg’or davlatlaridagi saylov jarayonlarida “Turkiyani ayblash” siyosiy kompaniya manbasiga aylangani turk jamoatchiligida e’tirozlarga sabab bo’ldi. Gollandiyadagi saylov kompaniyasi jarayonida Turkiyadan kelgan vazir va deputatlarga nisbatan yomon muomala turk jamoatchiligida tanqid qilindi.

Terrorizm mavzuida yuzaga kelgan fikr farqi o’zaro munosabatlardagi taranglikni avj oldirdi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning ba’zilari Turkiyaga tahdid solgan terror tashkilotlariga yordam berishni davom ettirdi. Ba’zi a’zo davlatlar ushbu terror tashkilotlarining o’z davlatlaridagi faoliyatlarini ko’rmaslikka oldi. Bularning barchasi 2017 yilda ham Turkiya-Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi aloqalarning tarang davom etishiga sabab bo’ldi.

Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealaridan so’ng, ba’zi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga qochgan Fathulloh Gulen harakati faollarining Turkiyaga ekstraditsiya qilinmasligi Turkiyaning umidlarini puchga chiqardi. Bu holat o’zaro aloqalarda ishonchsizlikka olib keldi.

Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida migratsiya masalasi doirasidagi “Ortga qabul shartnomasi” va viza rejimini bekor qilish xususida 2017 yilda ham o’zgarish bo’lmadi. Yevropa Ittifoqi viza rejimini bekor qilish xususida talab qilingan vazifalarni 2017 yilda bajarmadi. Va nazariyalar puchga chiqdi. Turkiya esa, migrantlar va qochqinlar xususida o’z mas’uliyatlarini bajardi. Lekin, belgilangan 72 shartdan 7 nafarini bajarmaganligi sababli, Turkiyaga viza rejimini bekor qilish qarori olinmadi.

Ayniqsa, 7 modda ichida terrorizmga qarshi kurash qonunini o’zgartirishning o’rin olishi quyidagi jarayonda hich mantiqli talab emas edi. Chunki, Turkiya, PKK, DAISh, Fathulloh Gulen harakati kabi turli terror guruhlariga qarshi kurashmoqda. Bu xaqiqatni ko’zda tutadigan bo’lsak, Yevropa Ittifoqining bu sharti to’g’ri reja emasligi kuzatiladi.

Darvoqe, 2017 yilning oxirgi kunlarida Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel izoh bildirdi.

Gabriel Brexitni misol qilib keltirib, Turkiya bilan ham, Ukraina bilan ham bunga o’xshash model ishlab chiqilishini bildirdi.

Xozircha, Yevropa Ittifoqiga nomzod bo’lmagan Ukrainaning ham Turkiya bilan ayni pog’onaga qo’yilishi ajabtovur.

Bu izohdan shuni anglash mumkinki, 2018 yil mobaynida imtiyozli hamkorlik mavzui yana bir bor Turkiya kun tartibidan joy olishi mumkin. Turkiya bu ehtimolga qarshi xozirdanoq tayyorgarligini ko’rishi zarur.

Turkiya-Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralari doirasida 2016 yilning 30 iyun kuni “moliya va byudjet hukmlari” moddasi muhokamaga qo’yildi. Bu jarayonda 1 yarim yilda boshqa yangi modda muhokamaga qo’yilmadi. Germaniya ta’kidlaganidek, Turkiya uchun Brexitga o’xshash yangi model ishlab chiqiladigan bo’lsa, 2018 yilda ham yangi modda muzokara qilinmaydi. Bu holat ayni paytda, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlariga jiddiy putur yetkazishi ehtimoldan holi emas.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 



Aloqador xabarlar