Chavusho’g’li AQSh Davlat kotibi va Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’li Kanadaning Vankuver shahrida uyushtirilgan Shimoliy Koreya haqidagi Tashqi ishlar vazirlari sammitida, AQSh Davlat kotibi Rex Tillerson va AQSh Mudofaa vaziri James Mattis bilan uchrashuv o’tkazdi.

890332
Chavusho’g’li AQSh Davlat kotibi va Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Suriyada YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi faqatgina Afrinda emas ayni vaqtda Manbij va Firat daryosining sharqida ham amaliyot olib borajagini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li PYD/ PKK terror tashkiloti yetakchiligida Suriyaning shimolida tashkil topishi rejalashtirilgan “Chegara xavfsizligi kuchi” masalasida, Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson bilan ochiq-oydin gaplashkanliklarini ta’kidlagan holda,

“Bunday vaziyatda Turk-Amerika munosabati katta ziyon ko’radi. Hatto qayta tiklanishi imkonsiz ziyonga uchraydi” dedi.  

Mevlut Chavusho’g’li Kanadaning Vankuver shahrida uyushtirilgan Shimoliy Koreya haqidagi Tashqi ishlar vazirlari sammitida, AQSh Davlat kotibi Rex Tillerson bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan matbuot a’zolariga bayonot berdi.

Chavusho’g’li Tillerson bilan bo’lgan uchrashuvida “AQShning YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashi” va “Fetullahchi terror tashkilotining to'daboshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi” kabi ikkita masalaning Turkiya-AQSh masalalariga ziyon yetkazganligi haqida gapirganligini ma’lum qildi.  

Tillerson bilan Turkiyaning Afringa qarshi uyushtirish ehtimoli bo’lgan amaliyot haqida ham gaplashkanligini qayd etgan Mevlut Chavusho’g’li bu haqida,

“Afrindagi YPG/ PKK terror tashkiloti a’zolarining Idlibdagi kuzatuvchilarimizga, Firat qalqoni amaliyotida ishtirok etgan askarlarimizga, Erkin Suriya armiyasi mansublari va Turkiyaga qarshi amalga oshirgan hujumlariga javob berishimiz haqida avval ham aytgan edik. YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi faqatgina Afrinda emas ayni vaqtda Manbij va Firatda ham chora ko’ramiz” deya gapirdi.

Chavusho’g’li bu masala haqida AQSh Mudofaa vaziri James Mattis bilan ham gaplashkanliklarini qayd etdi.

Bu haqida esa, “Tashkil etilish ehtimoli bo’lgan shimol armiyasi masalasini ham gaplashdik. AQSh Mudofaa vaziri bu haqidagi xabarlarga ishonmasligimiz kerakligini va bu masalani birma-bir kuzatkanligini aytdi” degan Tashqi ishlar vaziri so’zlarini,

“AQSh Mudofaa vaziri Mattis Turkiyani yaxshi ko’radi va qadrini biladi. Turk-Amerika munosabatlarining qayta tiklanmaydigan darajada ziyon ko’rishini aytdim. Mattis ham hatto Kanadaga kelar chog’ida bu masalani yaqindan kuzatkanligini, bundan keyin ham kuzatishini va biz bilan aloqada bo’lishini aytdi” deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar