Bozdag', vazirlar kengashi yig'ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Bekir Bozdag’, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tkan Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

890778
Bozdag', vazirlar kengashi yig'ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Bekir Bozdag’ Turkiyaning milliy xavfsizligiga tahdid tug’dirgan unsurlarga qarshi mamlakatning bundan buyon sabri qolmaganligini qayd etdi.

Bekir Bozdag’ Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tkan Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Turkiyaning murakkab kunlardan o’tkanligini eslatgan Bekir Bozdag’, chegaralarda terror yo’lagi tashkil etilip, xavfsizligining ham bir terror armiyasiga topshirilmoqchi bo’lganligini eslatgan holda,

“Bu vaziyat ochiq-oydin milliy xavfsizligimizni nishonga olgan tahdiddir. Turkiya o’z xalqi va davlati doimiyligi uchun xavfli bo’lsa ham kerakli chorani ko’rishdan chekinmaydi” dedi.

Bozdag’ DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasi bilan PKK/ PYD terror tashkiloti bilan hamkorlik qilishning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekenaligining takror-takror tushuntirilishiga qaramay yuz bergan voqealar oldida, Turkiyaning sabri qolmaganligini, kerakli faoliyatlarni amalga oshirishda qarorli ekanligini bildirdi.

Suriyaning Afrin shahridagi terroristlar masalasida diplomatik yo’llarning qolmaganligini eslatgan Bozdag’, terroristlarga berilgan qurollarning qaytarib olinishi kabi mavzularda, berilgan vadalarning ustidan chiqilmaganligini qayd etdi.

Bozdag’, AQSh boshqaruvini yana bir bor, PKK/ PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlamaslikka, ularga berilgan qurollarni qaytarib olishka, terror armiyasi rejasidan voz kechishka chaqirdi.

Rossiya va AQSh kabi davlatlar bilan muzokaralarning davom etganligini ham qayd etgan Bozdag’, “Lekin, milliy xavfsizligimiz uchun hech kimdan ruxsat so’ramaymiz. Kerakli choralarni ko’ramiz” dedi.

Afrindagi terroristlarga qarshi qachon chora ko’rilishi haqidagi savolga esa hukumat voizi,

“Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham aytib o’tkanidek ‘bir kun, to’satdan’ deb javob berdi.

Yaqinda, 19-yanvar kuni o’z yakuniga yetadigan Favqulodda vaziyatning yana 3 oy uzatilishi haqidagi MXK taklifining Vazirlar kengashiga tavsiya qilinishi haqida qaror qabul qilinganligiga ham e’tibor qaratgan Bozdag’, bu jarayonning, mamlakat fuqarolarining, kundalik shart-sharoitiga monelik qilmaganligini ham eslatdi.

 



Aloqador xabarlar