Binali Yildirim, Turkiyaning terrorga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratdi

Ham Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o’rinbosari ham Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim, o’z partiyasining Oqsaroydagi viloyat kongressida so’zlagan nutqida Turkiyaning terrorga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratdi.

887721
Binali Yildirim, Turkiyaning terrorga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratdi

Ham Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o’rinbosari ham Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim, Turkiyaning tinchligini buzmoqchi bo’lganlarga aslo imkon berilmasligini qayd etdi.

Binali Yildirim o’z partiyasining Oqsaroydagi viloyat kongressida kecha so’zlagan nutqida,

“Turkiyaga qarshi amalga oshiriladigan har qanday hujumga qarshi ortig’i bilan javob beriladi” dedi.

Terrorni Turkiyaning kun tartibidan chiqarajaklarini eslatgan Bosh vazir, terrorning orqadagi rejalarida qorong’u amallarning borligini ta’kidladi.

Yildirim, Turkiyaga dushmanlik qilganlarning hafsalasining bir kunmas bir kun mutlaqo pir bo’lajagini ifoda etgan holda,  

“Suriyada terrorning tashkilotlanishiga ruxsat bermaymiz. Mamlakatimiz va fuqarolarimizning tinchligiga xavf tug’dirgan nima va qayerdan bo’lishidan qat’iy nazar o’sha zahotiyoq javob beramiz” deya gapirdi.

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashining dunyo tinchligi uchun ham ekanligini ta’kidlagan Yildirim,

“Turkiyaning xavfsizligi, Turkiyaning tinchligi degani ayni vaqtda Suriyaning, Iroqning, barcha qo’shnilarimizning tinchligi va qardoshligi deganidir. Bizning tashqi siyosatimizning istiqomati do’stlikdir. Anqara qanchalik xavfsiz bo’lsa Nyu-York ham, Parij ham ana shunchalik xavfsizdir. Chunki terror, chegara tanimayapdi. Terrorizmga qarshi kurash olib borish dunyodagi butun davlatlarning burchidir. Bugungi kunda haligacha terror tashkilotlari bahonasi bilan mamlakatlarga qarshi amaliyot uyushtirish say-harakatlari mavjud. Suriyadagi PYD, YPG, PKK terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlagan imperiyalistlar, u mintaqalarda ko’z yoshlarining to'xtashini xohlamayapdi. Mamlakatlarida terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganlar bu xatoni tezlik bilan tushunib yetib, kerakli chorani ko’rishi darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.   



Aloqador xabarlar