Turkiyaga noqonuniy yo'llar bilan kelgan afg’onistonlik 35 kishi qo’lga tushdi

Afg’onistonliklar Bashkale davlat shifoxonasida tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, tuman xavfsizlik boshqarmasiga topshirildi.

885127
Turkiyaga noqonuniy yo'llar bilan kelgan afg’onistonlik 35 kishi qo’lga tushdi

Turkiyaning Van viloyati Bashkale tumanida noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga kelgan afg’onistonlik 35 kishi qo’lga tushdi.

Afg’onistonliklar Atlilar mahallasi yaqinlarida Eron chegarasida  tuman Jandarm qo’mondonligiga qarashli Bebleshin va Albayrak jandarm qo’mondonligi xodimlari tomonidan qo’lga olindi.

Tekshiruvlarda Afg’oniston fuqarolarining mamlakatga noqonuniy yo’llar bilan kirib kelgani ma’lum bo’ldi.

Afg’onistonliklar Bashkale davlat shifoxonasida tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, tuman xavfsizlik boshqarmasiga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya , #Van , #noqonuniy

Aloqador xabarlar