Binali Yildirim:"2018 yilda eksport hajmini 170 mlrd dollarga oshirishni maqsad qilyabmiz"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bu so’zlarni Kirshehir viloyatida bo’lib o’tgan Ak partiyaning 6-favqulodda kongressida so’zlagan nutqida tilga oldi.

883125
Binali Yildirim:"2018 yilda eksport hajmini 170 mlrd dollarga oshirishni maqsad qilyabmiz"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 2018 yilda 170 mlrd dollarlik eksport amalga oshirish maqsad qilinganligini ma’lum qildi.

2018 yil oxirgi 15 yilda eksport bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichga erishiladigan yil bo’lishini tilga olgan Binali Yildirim: “157 mlrd dollarlik eksport hajmini oshib o’tib, rekord darajaga erishdik. 2018 yilda bu ko’rsatgichni 170 mlrd dollarga olib chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Umid qilamizki, bu maqsadimizga erishamiz”,-dedi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bu so’zlarni Kirshehir viloyatida bo’lib o’tgan Ak partiyaning 6-favqulodda kongressida so’zlagan nutqida tilga oldi.

U Turkiya hukumatining mehnatlari natijasida mamlakat 3 barobarga rivojlanganligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Turkiyada kishi boshiga tushgan milliy daromad 3000 dollardan 11000 dollarga oshdi.

Binali Yildirim so’zlagan nutqida mintaqadagi siyosiy jarayonga ham to’xtalib o’tdi.

“Tashqi kuchlar mintaqamizning huzurini buzibgina qolmasdan, mintaqada boshqa muammolarni keltirib chiqarish payiga tushdi. Mintaqamizdagi biron joyda notinchlik bo’lishini xohlamaymiz. Agar, mintaqada notinchlik bo’lsa avvalo bizning qalbimiz yonadi. Afsuski, mintaqamizga ko’z tikkan qora niyatli kuchlar mavjud. Biz buni yaxshi bilamiz. Qardosh Eron xalqining ushbu siyosiy o’yinlarga qarshi ogoh bo’lishini istaymiz. Biz uchun Eronning barqarorligi, tinchligi muhim. Tashqi kuchlarning Eron tinchligini buzishiga aslo yo’l qo’ymaymiz. Shu sababli, qo’shni davlatning darhol o’z tinchligini va huzurini qayta tiklashidan umidvormiz. Turkiya o’z huquqini himoya qilganidek, do’st va qardosh davlatlarning ham huquqini himoya qilishga g’ayrat ko’rsatadi”,-dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #bosh vazir , #Binali Yildirim

Aloqador xabarlar