Binali Yildirim Saudiya Arabistoniga bo’lgan amaliy tashrifini baholadi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya va Saudiya Arabistonining dunyo tinchligi uchun muhim rol o’ynagan ikki davlat ekanligini belgilab o’tdi.

877559
Binali Yildirim Saudiya Arabistoniga bo’lgan amaliy tashrifini baholadi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya va Saudiya Arabistonining dunyo tinchligi uchun muhim rol o’ynagan ikki davlat ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Bu ikki davlatning har sohada birgalikda faoliyat olib borishi, ayni vaqtda mintaqaviy va global tinchlik jihatidan ham zaruriydir” dedi.

Binali Yildirim jurnalitlsrga bergan bayonotida Saudaya Arabistoniga bo’lgan tashrifining qisqa lekin mazmunli o’tganligini qayd etdi.

Mamlakatga bo’lgan birinchi tashrifida Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz tomonidan qabul qilinganligini ortidan esa, valiahd shahzoda va Mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv o’tkazganligini eslatgan Yildirim, Salmon bilan ham o’zaro, ham da yakkama-yakka uchrashuv o’tkazganligini bildirdi.

Huddi mana shu uchrashuvlarida ikki masalaga alohida e’tibor berganliklarini ifoda etgan Binali Yildirim, ulardan birining mintaqaviy mavzulardan iboratligini ta’kidladi.

Iroq, Suriya, Falastin, Isroil muammosi, Yamanda davom etayotgan ichki urush, Liviyadagi shovqin va butun mintaqani qiziqtirgan vaziyatlarni qo’lga olganliklarini va baholaganliklarini belgilab o’tgan Bosh vazir, bu masalalarni hal qilish yo’llari va shu doirada amalga oshirilishi kerak bo’lgan faoliyatlarni muhokama qilganliklarini ta’kidladi.

Turkiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ham qo’lga olinganligini belgilab o’tgan Yildirim, o’z so’zini,

“O’zaro munosabatlarimizni yana-da mustahkamlash va qaysi sohalarda hamkorlik qilishimiz kerakligini keng ko’lamli olaroq qo’lga oldik. Ayniqsa o’zaro savdo tarmog’ining yana-da rivojlantirilishi, mudofaa sanoatida mushtarak loyihalar yo’lga qo’yishlik kabi mavzularni qo’lga oldik. Saudiya Arabistoni bilan Turkiya mintaqada uzoq muddatli, doimiy tinchlik va barqarorlikning o’rnashi jihatidan muhim ikki davlat hisoblanadi. Shuning uchun ham ikki mamlakatning har qanday mavzuda mushtarak faoliyat olib borishi nafaqat Turkiya va Saudiya Arabistoni uchun balki mintaqaviy va global tinchlik uchun ham muhimdir” deya davom ettirdi.

Binali Yildirim yaqinda valiahd shahzoda Salmonning amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelishini eslatgan holda, o’zaro tashriflarning davom etishini, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yana-da ortajagini ham qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar