Turkiya qurolli kuchlari chegara ortida terror makonlariga zarba berdi

Turkiya harbiy bosh shtabi bayonotiga ko’ra, Iroq shimolida joylashgan PKK terror tashkilotiga oid lagerlar aviazarba bilan yo’q qilinmoqda.

876476
Turkiya qurolli kuchlari chegara ortida terror makonlariga zarba berdi

Chegara ortida Turkiya tinchligiga xavf solayotgan terror guruhlariga qarshi ayovsiz kurash jarayoni davom etmoqda.

Turkiya qurolli kuchlari PKK terror tashkiloti tomonidan Iroq shimolidagi Metina, Gara va Avashin-Basyan hududlaridagi nazorat punktlari va harbiy zonalarga hujumga tayyorgarlik rejasini bartaraf etdi.

PKK terror tashkilotiga qarshi operatsiyada qurollangan 7 ta terrorist yo’q qilindi.

Turkiya harbiy bosh shtabi bayonotiga ko’ra, Iroq shimolida joylashgan PKK terror tashkilotiga oid lagerlar aviazarba bilan yo’q qilinmoqda.

Aviazarbada 7 ta terrorist yo’q qilindi, terroristlarga tegishli bo’lgan boshpanalar va yer to’lalar portlatildi.

Operatsiyada Turkiya qurolli kuchlariga tegishli harbiy samolyotlar ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar