Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tunis Respublikasiga tashrif buyurdi

Erdo’g’an Kartaja xalqaro aeroportida Tunis tashqi ishlar vaziri Khemaies Jhinaoui va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

876589
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tunis Respublikasiga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Afrika ziyorati doirasida Tunisga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an Kartaja xalqaro aeroportida Tunis tashqi ishlar vaziri Khemaies Jhinaoui va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Tunis prezidenti Al-Baji Kaid as-Sibsi tomonidan prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olingan Erdo’g’an tor ve keng doiradagi uchrashuv va muzokaralardan so’ng shartnomalarni imzolash marosimiga qatnashadi.

Shuningdek, ikki davlat rahbari ishtirokida mushtarak matbuot anjumani o’tkaziladi.

Tunis prezidenti Sibsi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga davlat ordenini taqdim etadi va sharafiga ziyofat beradi.

Prezident Erdo’g’an shahidlar yodgorligini ziyorat qilib, Kasbah saroyida Tunis bosh vaziri Yusuf Shahidni qabul qiladi.

Majlis devonida Tunis parlament spikeri Muhammad Nosir bilan uchrashadigan Erdo’g’an so’ngra Nanda yetakchisi Rashid al-Gannushi, Nida bosh kotibi Hofiz Kaid as-Sibsi, Tunis loyihasi harakati rahbari Muhsin Merzukni qabul qiladi.

Prezident Erdo’g’an Turkiya-Tunis biznes forumida ham ishtirok etadi.

Tunisga tashrifi chog’ida Erdo’g’anga turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an, harbiy bosh shtab raisi Hulusi Akar, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak, oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi va chorvadorchilik vaziri Ashraf Fakibaba, madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush, moliya vaziri Naji Ag’dal, xalq ta’limi vaziri Ismet Yilmaz, milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli hamda transport, dengizchilik va aloqa vaziri Ahmad Arslon hamrohlik qilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar