TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasining rasmiy veb saytida joriy yilning 23-dekabridan 25-dekabrigacha mamlakat bo’ylab terrorizmga qarshi kurash doirasida olib borilgan amaliyotlariga o’rin berildi.

876510
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Hakkari viloyatida PKK terror tashkiloti a’zolaridan 4 terrorist yo’q qilindi.

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasining rasmiy veb saytida joriy yilning 23-dekabridan 25-dekabrigacha mamlakat bo’ylab terrorizmga qarshi kurash doirasida olib borilgan amaliyotlarga o’rin berildi.  

Shunga ko’ra Hakkarining Yuksekova tumanida terroristlar tomonidan qo’l urilgan ig’vogar o’q uzishlarga qarshi javob berilar ekan oqibatida 4 terrorist yo’q qilingan.

Mamlakatning Shanliurfa viloyatining Jeylanpinar tumanida xavfsizlik kuchlari tomonidan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining 1 a’zosi qo’lga tushgan.

Quruqlik kuchlari qo’mondonligi hudud qo'shinlari tomonidan kun bo’yi noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilgan jami 480 kishi nazorat ostiga olingan.

Ulardan 316 nafari Suriyadan Turkiyaga, 10 nafari esa Turkiyadan Suriyaga noqonuniy yo’llar orqali o’tishga tashabbus qilar chog’ida qo’lga tushgan.

Iroqdan Turkiyaga o’tishga harakat qilgan 1, Gretsiyadan Turkiyaga o’tishga harakat qilgan 40 va Turkiyadan Gretsiyaga o’tishga harakat qilgan 113 kishi nazorat ostiga olingan.  



Aloqador xabarlar