Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi

Ismoil Qahramon uchrashuvda Rossiyaning Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini qulaylashtirishini talab qildi.

875042
Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi

Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Pokistonning poytaxti Islomobodda Rossiya Federatsiyasi davlat dumasi rahbari Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi.

Ismoil Qahramon uchrashuvda Rossiyaning Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini qulaylashtirishini talab qildi.

“Turkiya fuqarolari uchun vizaning qulaylashtirilishini talab qilamiz”,-dedi Ismoil Qahramon.

U 2017 yil Turkiyada turizm sohasi bo’yicha samarali yil bo’lganini va Rossiyadan Turkiyaga kelgan sayyoh soni 4 mln dan oshganini tilga oldi.

“2019 yil Rossiya bilan Turkiya o’rtasida “Madaniyat va turizm yili” deb e’lon qilinadi. Bu maxsus yil mamlakatlarimiz o’rtasidagi aloqalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi degan umiddaman”,-dedi Ismoil Qahramon.

U Moskvada turk madaniyat markazini ochish to’g’risida taklif kiritdi.

Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Rossiya davlat dumasi rahbari Vyacheslav Volodinni Turkiyaga taklif qildi.

Taklifga binoan Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2018 yili Turkiyaga tashrif buyuradi.

Moskva va Ankara o’rtasidagi aloqalarning bugungi holatiga e’tibor qaratgan Volodin ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan shartnomalarni amalda ijro etish kerakligini tilga oldi.

Eslatma: Pokiston, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Eron va Afg’oniston parlament raislari Islomobodda uchrashdi.

Mazkur olti davlat terrorizmga qarshi kurashda mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga harakat qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar