Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sudan Respublikasiga yetib keldi

Tashrif doirasida Sudan bilan Turkiya o’rtasida bir qator sohalarda hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirildi.

874709
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sudan Respublikasiga yetib keldi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat tashrifi bilan Sudan Respublikasiga yetib keldi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda avvalo ikki davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar muhokama qilinadi, shuningdek investorlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya hajmini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatlar ko’zdan kechiriladi.

Erdo’g’an Sudanda o’tkaziladigan Turkiya-Sudan biznes forumida ishtirok etadi.

“Qadimiy tarixiy va madaniy aloqalarimiz mavjud bo’lgan Sudan, Chad va Tunisda amalga oshiriladigan uchrashuv va muzokaralarda o’zaro munosabatlarimiz va hamkorligimizning butun qirralari ko’zdan kechiriladi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida fikr almashiladi”,-deyiladi prezidentlik matbuot xizmati bayonotida.

Tashrif doirasida Sudan bilan Turkiya o’rtasida bir qator sohalarda hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirildi.

Erdo’g’an Afrika ziyorati doirasida 26 dekabr kuni Chad Respublikasiga va 27 dekabr kuni Tunis Respublikasiga tashrif buyuradi.

 



Aloqador xabarlar