Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Afrikaga otlanmoqda

Bugun Sudan Respublikasiga jo’nab ketadigan Erdo’g’an 26 dekabr kuni Chad Respublikasiga, 27 dekabr kuni esa, Tunis Respublikasiga tashrif buyuradi.

874488
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Afrikaga otlanmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat tashrifi bilan Afrika davlatlariga otlanmoqda.

Bugun Sudan Respublikasiga jo’nab ketadigan Erdo’g’an 26 dekabr kuni Chadga va 27 dekabr kuni esa Tunisga tashrif buyuradi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda avvalo ikki davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar muhokama qilinadi, shuningdek investorlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya hajmini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatlar ko’zdan kechiriladi.

Erdo’g’an mazkur davlatlarda o’tkaziladigan biznes forumlarida ham ishtirok etadi.

“Qadimiy tarixiy va madaniy aloqalarimiz mavjud bo’lgan Sudan, Chad va Tunisda amalga oshiriladigan uchrashuv va muzokaralarda o’zaro munosabatlarimiz va hamkorligimizning butun qirralari ko’zdan kechiriladi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida fikr almashiladi”,-deyiladi prezidentlik matbuot xizmati bayonotida.

Tashrif doirasida mazkur davlatlar bilan Turkiya o’rtasida bir qator sohalarda hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirildi.

 



Aloqador xabarlar