Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Pokistonda...

Pokiston mezbonligida Turkiya, Rossiya, Xitoy, Eron va Afg’oniston parlament raislari Islomobod shahrida to’planmoqda.

874544
Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon Pokistonda...

Olti davlat terrorizmga qarshi kurashda mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga bel bog’ladi.

Shu munosabat bilan Pokiston mezbonligida Turkiya, Rossiya, Xitoy, Eron va Afg’oniston parlament raislari Islomobod shahrida to’planmoqda.

Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi shu maqsad bilan Pokistonga safar qildi.

Ismoil Qahramon majlis oldidan Pokiston milliy majlisi raisi Sardor Sodiq Ayoz bilan uchrashdi.

Uchrashuv do’stona va samimiy ruhda bo’lib o’tdi.

Pokiston milliy majlisi raisi Sardor Sodiq Ayoz ushbu majlisga katta tayyorgarlik ko’rilganligiga e’tibor qaratib, Turkiyaning bu majlisda ishtirok etishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Terrorizm bizga ham juda katta zarar berdi, biz ham undan jabrlandik”,-dedi Pokiston milliy majlisi raisi.

Uchrashuvda BMT Bosh Assambleyasida ovozga qo’yilgan Al-Quds masalasida ko’plab mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarganligiga diqqat qaratildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya , #Ismoil Qahramon , #terrorizm

Aloqador xabarlar