Prezident Erdog’an Germaniya Prezidenti va Falastin Davlat rahbari bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quddus masalasida Germaniya Prezidenti Frank-Walter Steinmeier va Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi.

874142
Prezident Erdog’an Germaniya Prezidenti va Falastin Davlat rahbari bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quddus masalasida Germaniya Prezidenti Frank-Walter Steinmeier va Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezident Erdog'an muloqatlar chog’ida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddus haqidagi qarorining norasmiy ekanligining muhokama qilinganidan minnatdor ekanligini qayd etdi.  

Shuningdek, qabul qilingan natijaning mintaqaning tinchlik va barqarorligi jihatidan katta ahamiyat kasb etgan Quddus masalasining BMT qarorlari va xalqaro huquqqa bo’lgan aloqasini o’rtaga qo’yganligiga ham e’tibor qaratdi.

Prezident Erdog’an germaniyalik kasbdoshiga qabul qilingan qarorni qo’llab-quvvatlagani va Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning uquvliligi uchun o’z minnatdorchiligini yetkazdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va germaniyalik kasbdoshi Frank-Walter Steinmeier shu fursatdan foydalanib ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash uchun o’zaro faoliyatlar olib borishlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Prezident Erdog’an bilan Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos AQShning Quddus haqidagi qarorining noto’g’ri ekanligining butun dunyo tomonidan isbotlangani yuzasidan xursand ekanligini ifoda etar ekanlar, bundan keyingi jarayonda ham Falastinning xalqaro miqyosda qo’llab-quvvatlanishi uchun hamjihatlikda faoliyat olib borish borasida kelishib oldilar.   

 



Aloqador xabarlar