Yildirim: “Kuchlilar emas to’g’rilarning kuchli ekanligi yana bir bor tasdiqlandi”.

Bosh vazir poytaxt Anqarada kun tartibi haqida jurnalistlarga bergan bayonotida BMTning AQShga qarshi qabul qilgan Quddus haqidagi qaroriga t’oxtaldi.

873909
Yildirim: “Kuchlilar emas to’g’rilarning kuchli ekanligi yana bir bor tasdiqlandi”.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirimning qayd etishicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Quddus haqidagi qarori orqali AQShga nima demoqchi bo’lganligini ochiq-oydin yetkazdi.

Bosh vazir poytaxt Anqarada kun tartibi haqida jurnalistlarga bergan bayonotida BMTning AQShga qarshi qabul qilgan Quddus haqidagi qaroriga t’oxtaldi.

Binali Yildirim shu doirada,

“BMT printsiplariga to’g’ri kelmagan mazkur qaror, tashkilot tarkibidagi davlatlarning ko’pchiligi tomonidan maqul ko’rilmadi. BMT bu orqali AQShga nima demoqchi bo’lganligi ochiq-oydin yetkazdi desak mubolag’a bo’lmaydi. ‘Men qildim’ degan tushunchaning dunyo tartib-qoidasiga to’g’ri kelmasligi, kuchlilar emas to’g’rilarning kuchli ekanligi Umumiy kengash tomonidan yana bir bor tasdiqlandi” deya gapirdi.   

“Umid qilamanki AQSh boshqaruvi bu qarorni to’g’ri o’qib, qabul qilgan noto’g’ri qaroridan tezlik bilan voz kechadi” degan ifodalarga o’rin bergan Yildirim o’z so’zini quyidagicha davom ettirdi:

“Isroil-Falastin o’rtasidagi qariyb yarim asirlik tushunmovchilik buyuk muammolarga yo’l ochdi. Buning davom etmasligi darkor. Bugungi kunda terror tashkilotlariga qarshi kurash davom etar ekan yangi muammolarning yaratilishi kotta falokatlarni tug’diradi. Shunday ekan bu qaror noto’gri yo’ldan qaytishlik uchun bir imkondir”.

Turkiyaning bu mavzuda birinchi kundan e’tiboran Prezident Erdog’an rahbarligida faol faoliyat olib borganligini belgilab o’tgan Yildirim, Turkiyaning mazkur masalani kuzatib borajagini ham ta’kidladi”

Bosh vazir Binali Yildirim shuningdek,

“Bizning dardimiz to’g’rilarni yolg’iz qo’ymaslikdir. Kuchlilar yonida bo’lishlik bizning an’anamizda ham, huquqiy tushunchamizda ham yo’qdir” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar