Turkiya Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistoniga raketa otilganini qoraladi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

872051
Turkiya Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistoniga raketa otilganini qoraladi

Turkiya Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodga sodir qilingan raketa hujumini qoraladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

“Yamandagi husiy jangarilar Saudiya Arabistoniga takror raketa hujumini sodir qilganidan xabardor bo’ldik. Biz buni qoralaymiz. Ballistik raketaning mudofaa tizimlari vositasida urib tushirilgani, natijada qardosh Saudiya Arabistonida hech kimga ziyon yetmagani bizni quvontiradi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodga Yamandan otilgan ballistik raketa mudofaa tizimlari vositasida urib tushirildi.



Aloqador xabarlar