Bosh vazir Yildirim Bangladeshda arakanlik musulmonlar holidan xabar oldi

Yildirim Bangladesh poytaxti Dakkaga bo’lgan tashrifi ortidan arakanlik muhojirlar jon saqlagan Koks-Bazar shahriga bordi.

872180
Bosh vazir Yildirim Bangladeshda arakanlik musulmonlar holidan xabar oldi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim amaliy tashrif bilan Bangladeshga borar ekan u yerda arakanlik musulmonlar holidan xabar oldi.

Yildirim Bangladesh poytaxti Dakkaga bo’lgan tashrifi ortidan arakanlik muhojirlar jon saqlagan Koks-Bazar shahriga bordi.

Bosh vazir Koks-Bazardagi Balukhali lagerida Turkiya Respublikasi Bosh vazirligi qoshidagi Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi, Turkiya Ofat va favqulodda vaziyat ishlari boshqaruvi, Turk Qizil yarim oy jamiyati, Turkiyaning Din ishlari bo’yicha boshqarmasi va yordam tashkilotlari vakillari tomonidan kutib olindi.

Rasmiylardan mintaqadagi faoliyatlar haqida ma’lumot olgan Binali Yildirim, TIKAning Koks-Bazarda joylashgan “Sadr” nomidagi kasalxonasiga bag’ishlangan tez yordam va xodimlar mashinasining kalitini yetakchilar qo’liga topshirdi.  

Bosh vazir Binali Yildirim ortidan chodirda kutgan arakanlik musulmonlarning yoniga bordi. Arakanlik musulmonlar bilan quchoq ochib, birma-bir qo’l berib so’rashgan Yildirim, ko’z yoshi to’kkan bir arakanlik musulmon ayolning muammolariga quloq soldi.  

Yildirim ortidan Turkiya Ofat va favqulodda vaziyat ishlari boshqaruvi tomonidan uyushtirilgan Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan tashkil topgan og’ir havo sharoitiga moslangan dala kasalxonasini ko’rib chiqdi.

Lagerda muhojirlarga oziq-ovqat va yordam ashyosi tarqatgan Bosh vazir xalqaro hamjamiyatni nazarda tutgan holda,

“Bu yer odamgarchilik yo’qolgan nuqta hisoblanadi. Shunday ekan odamgarchilik bugun ishga tushmagudek bo’lsa unda qachon o’zini ko’rsatadi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar