Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tereza Mey bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya va Buyuk Britaniya munosabatlari, Al-Qudsdagi vaziyat muhokama qilindi.

871321
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tereza Mey bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda Turkiya va Buyuk Britaniya munosabatlari, Al-Qudsdagi vaziyat muhokama qilindi.

AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qaroridan so’ng yuzaga kelgan taranglik mintaqa jihatidan xavotirlanarli ekanligi tilga olindi.

Erdo’g’an va Tereza Meyning fikricha, tinchlik jarayoni uchun eng to’g’ri yo’l ikki davlatni o’z ichiga olgan yechim jarayonidir. Isroil hukumati buni idrok qilishi kerak.

Eslatish joizki, AQShning Al-Quds qaroriga qarshi tayyorlangan qonun taklifi BMT xavfsizlik kengashida ovozga qo’yildi va AQSh buni veto qildi.

Bunga e’tibor qaratgan ikki lider mintaqada tinchlik jarayonini xavf ostiga qo’yadigan xatti-harakatlardan uzoq turish kerakligiga e’tibor qaratdi.

Ularning fikricha, muammoni hal qilish uchun jahon hamjamiyatining zimmasiga katta mas’uliyat tushadi.

Erdo’g’an va Tereza Mey Turkiya-Buyuk Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish bo’yicha hamfikr ekanligini tilga oldilar.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar